O‘zbekistonda Rossiyaning CHERY avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
29 апрель

O‘zbekistonda Rossiyaning CHERY avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Zangiota tumanida joylashgan "Technologies of Real Time" O‘zbekiston-Singapur korxonasi Rossiya delegatsiyasi bilan Rossiya avtosanoati uchun avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

O‘zbekistondagi zavod Moskva viloyatidagi "Yesipovo" sanoat parkiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi, u yerda Xitoyning "CHERY" brendi ostida avtomobillar ishlab chiqariladi. Ushbu kelishuv korxona vakillari va Rossiya tomoni o‘rtasidagi muzokaralar natijasi bo‘ldi.

Avvalroq, Rossiyaning "Avtovaz" avtomobil ishlab chiqaruvchisi mahalliy hamkorlar tayyor bo‘lsa, 2025-yil davomida o‘z avtomobillarini O‘zbekistonda mahalliy brend ostida yig‘ishni yo‘lga qo‘yishga tayyorligi haqida yozgan edik.