Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti institutlarning shakllanishi va ularning ta’sirini o‘rganish uchun berildi
15 октябрь

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti institutlarning shakllanishi va ularning ta’sirini o‘rganish uchun berildi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti AQShda faoliyat yuritayotgan Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonlarga topshirildi.

Olimlarning ishlari turli mamlakatlar o‘rtasidagi farovonlik darajasidagi farqlar sabablarini tushunishga imkon berdi va davlatning rivojlanishi uchun ijtimoiy institutlarning ahamiyatini ko‘rsatdi.

Ishlab chiqilgan modelda uchta asosiy nuqta mavjud. Birinchidan, jamiyatda resurslarni taqsimlash va qarorlarni kim qabul qilishi — elita yoki omma o‘rtasida doimo ziddiyat bo‘ladi. Ikkinchidan, omma ba’zan elitaga qarshi safarbar bo‘lib, tahdid qilish orqali hokimiyatga ta’sir o‘tkazishi, hokimiyat faqat qaror qabul qilish huquqidan iborat emasligini ko‘rsatishi mumkin. Uchinchidan, elita boshqa chorasi qolmaganda, vakolatlarini ommaga topshirishga majbur bo‘lishi mumkin.