Iqtisodiyot
6 январь
So‘m barqarorligi: natijalar va bashoratlar
2024-yilda O‘zbekiston so‘mi valyuta bozorida nisbatan barqarorlikni namoyish etib, AQSH dollariga nisbatan atigi 4,6 foizga pasaydi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga (9,7 foiz) nisbatan ikki baravar past bo‘lib, mintaqadagi boshqa valyutalar dinamikasidan ancha yaxshi natija ko‘rsatdi. Taqqoslash uchun, Rossiya rubli 13,4 foizga, Qozog‘iston tengesi 14,9 foizga, Turkiya lirasi esa 18,5 foizga qadrsizlandi.