12 июль

O'zbekiston va Rossiyadegi Ekologik kelajak uchun

Atrof-muhitni himoya qilish – bu barcha mamlakatlar tomonidan qo'shma sa’y-harakatlarni talab qiladigan vazifa. Biz tabiat ehtiyojlarini hisobga oladigan va uni uzoq yillar davomida saqlab qolishni ta’minlaydigan iqtisodiy modellarga intilishimiz kerak.

O'zbekistonda sport va ekologiyaga bir biriga bog'langan chunki mamlakatning go'zal joylarida  ekologik veloturlar o'tkazish bolmoqda. Ushbu tadbirlar ishtirokchilarga nafaqat tabiatdan bahramand bo'lish, balki tarix va madaniyatga sho'ng'ishga imkonini beradi. Bunday tashabbuslar ekoturizmni rivojlantirishda boshqa mamlakatlar uchun namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin, mahalliy aholining va sayyohlarning e'tiborini tortadi. Shuni yodda tutish muhimki, faqat an’analarga va atrof-muhitga hurmat bilan yondashgan holda biz sayyoramizning barqaror rivojlanishini ta’minlay olamiz va uning noyob boyligini kelajak avlodlar uchun saqlaymiz.

Ekologik an’analarni avloddan avlodga o'tkazish nafaqat biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlashga yordam beradi, balki hududning noyob madaniy va tarixiy identifikatsiyasini ham shakllantiradi. Ushbu qadimiy bilim va amaliyotlar zamonaviy jamiyat uchun qimmatli dars bo'lishi mumkin, iqtisodiy rivojlanish va tabiatni saqlash o'rtasidagi muvozanatni topishga yordam beradi.

2016 yilda Rossiyada biz "Ekotraditsiya" loyihasini boshladik. Bu loyihaning maqsadi nafaqat mamlakatimizda, balki undan tashqarida ham ekologik an’analarni ommalashtirishdir. Loyiha ishtirokchilari tabiatni saqlash bo'yicha tajriba va bilim almashish imkoniyatiga ega. Biz ekologik madaniyatni o'rganamiz va turli xalqlarning ekologik an’analarini yig'amiz. Ekologik madaniyat an’ana va g'amxo'rlik iplaridan bezatilgan qimmatbaho gilamga o'xshaydi, uni ehtiyotkorlik bilan saqlash va kelajak avlodlarga o'tkazish kerak.

Loyiha natijalariga ko'ra "Ekotraditsiya Sketçbuk" nomli noyob ijodiy kitob nashr etildi. Ushbu kitob loyihaning ramzi bo'lish bilan birga ekologik yo'naltirilgan ijodiy faoliyat va ilhom uchun amaliy vositaga aylandi.

O'zbekiston fuqarolarining "Ekotraditsiya" loyihasida ishtiroki alohida ahamiyatga ega. Ushbu mamlakatning o'ziga xos an’anaviy amaliyotlari, bu yerda tabiat insonlar hayotida muhim rol o'ynaydi, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishning muhimligini ko'rsatadi.

O'zbekistondagi Kitob va Ugam-Chatqol milliy tabiat bog'lari tabiatning haqiqiy durdonalari bo'lib, o'zining go'zalligi va hayvonot va o'simlik dunyosining xilma-xilligi bilan sayyohlarni jalb qiladi. Tabiat yodgorliklarini xalq madaniyati bilan bog'lash, xalq ijodiyoti festivallarini o'tkazish va muqaddas daraxtlarni saqlash an’analari O'zbek xalqining o'z tabiatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishini va uni hurmat qilishini ko'rsatadi.

"Ekotraditsiya" loyihasi ishtirokchilari tomonidan aytib berilgan O'zbekiston tabiatini haqidagi hikoyalar barchani tabiatni saqlash va hurmat qilishga ilhomlantiradi.

Ольга Лавлинская
Ольга Лавлинская Ekoaktivist, Rossiya