14 ноябрь

AstraZeneca kompaniyasining Butunjahon qandli diabetga qarshi kurash kuniga sharhi

Bugungi kunda AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot hamjamiyati bilan faol hamkorlik qilmoqda. Ushbu hamkorlik ikkinchi tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va zamonaviy davolash usullarini klinik amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bu turdagi kasallik bilan 377 mingdan ortiq kishi, ya’ni aholining 1 foizdan sal ko‘prog‘i yashaydi.

Davlat dasturlari bemorlarning samarali davolanish imkoniyatlarini kengaytirish va kasallikka qarshi kurashga qaratilgan. Masalan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadlaridan biri qandli diabet tashxisi qo‘yilgan fuqarolarning o‘limi va kasalxonaga yotqizilishini kamaytirishdir. Shu bilan birga, mutaxassislar oldiga mahalliy davolash protokollarini zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish vazifasi qo‘yilgan. Davlat qo‘llab-quvvatlashi bilan nafaqat sog‘liqni saqlash mutaxassislariga, balki bemorlarga ham mo‘ljallangan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2021-yilda O‘zbekistonda AstraZeneca kompaniyasining original dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu dori nafaqat xalqaro klinik tadqiqotlarda, balki xalqaro klinik amaliyotda ham qandli diabetning ikkinchi turini davolashda yuqori samaradorlik va xavfsizlikni namoyish etdi. Kompaniya ko‘magida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun ushbu mavzuga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar o‘zbekistonlik va xorijiy mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga yordam beradi.

Bundan tashqari, AstraZeneca ikkinchi tur qandli diabetga qarshi kurashish zarurligi haqida aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. AstraZeneca kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri qandli diabetning ikkinchi turi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va kasallik kechishini yaxshilashga yordam beradigan innovatsion original qand pasaytiruvchi dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.

Ирина Гущина
Ирина Гущина AstraZeneca kompaniyasining Rossiya va Yevroosiyodagi tashqi aloqalar bo‘limi rahbari