Huquqiy ma'lumotlar
"Karavan-Info" аxborot portali O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy alo'qalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lib, bu haqda 2024 yil 16 iyulda 321478-sonli OAV davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berilgan.
Foydalanuvchilar "Karavan-Info" portalidan foydalanishni faqat qonuniy maqsadlarda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan doirada, uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmasdan va ularning Portalni to‘liq hajmda foydalanishlariga to‘sqinlik qilmasdan amalga oshirishga rozilik bildiradilar.
Portal va "Karavan-Info" ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilgan har qanday material mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi.
Bizning materiallarimizni chop etish, nusxalash, ko‘paytirish, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Iqtibos keltirishda portalning tegishli sahifasiga gipermanzil ko‘rsatish majburiydir.
"Karavan-Info" tahririyati boshqa mualliflarning materiallari ustidan tasarruf qilish huquqiga ega emas, bu materiallarning o‘zi yoki ularning yonida ko‘rsatilgan huquq egalariga tegishli (masalan, axborot agentliklari, boshqa ommaviy axborot vositalari yoki nashriyotlar, reklama beruvchilar tomonidan taqdim etilgan materiallar, shu jumladan, "Karavan-Info" tahririyatiga tegishli bo‘lmagan fotosuratlar). Bunday materiallardan foydalanish huquqini olish uchun ko‘rsatilgan huquq egasiga murojaat qilish kerak.
Tahririyat jo‘natilgan xatlarni, shu jumladan chop etish uchun yuborilgan press-relizlarni javobsiz qoldirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.