Bizning "Romeo"mizga 74 yosh to'ldi!
17 июль

Bizning "Romeo"mizga 74 yosh to'ldi!

– Rustam Abdullayevich, oilangiz haqida gapirib bering. Sizni kasbga kim olib keldi?

– Bizning oilamizda hamma oddiy odamlar edi, faqat men aktyor bo‘lishga qaror qildim (kuladi). Otam partiyaning viloyat qo‘mitasi kotibi lavozimida ishlagan, onam uy bekasi edi, biz ikkalamizni – men va singlimni o'stirgan. Men hazillashardimki, biz singlim bilan ota-onamiz uchun butun Sovet Ittifoqini anglatamiz: Sagdyullayeva Sveta va Sagdullayev Rustam.

Singlim juda aqlli. Biz u bilan plyus va minus kabi: men barcha aniq fanlarni umuma tushunmayman, Sveta esa fizika-matematika fanlari doktori, biz yaxshi kelishamiz. Men so‘rayman: “Sveta, nega mening dazmolim ishlamayapti? Axir sen fizik ekansan.” U menga javob beradi: “Men amaliyotchi emasman, nazariyotchiman.” U Peterburgda dissertatsiyasini himoya qilgan, men suratga olishdan kelib himoyasiga qatnashganman. O‘tirib turolmaydigan bolakay edim.

Kasbga qanday kirdim? To‘qqiz yoshimda qo‘shnimiz meni qo‘lidan yetaklab olib, Pionerlar saroyidagi drama to‘garagiga bergan va menga u yer yoqib qoldi. Shunday qilib, men shu yo‘ldan bordim. Ammo hayot o‘sha paytda boshqa edi va kino ham boshqacha edi. Bu hajm yoki janrda emas – janrlar doimo turli edi. Dunyo boshqacha edi.

– Ha. Bondarchukning filmlari – “Ular Vatan uchun qurashgan”, boshqa sovet filmlari – “ Janga faqat «qariylar» boradi “ Kovpak haqida fikirlari” shunday yaratilganki, tomoshabinni larzaga soladi, men hanuzgacha yig‘layman. Hozir esa – go‘yoki, ajoyib aktyorlar va rejissyorlar bor, lekin osha paytdagi  emas. O‘sha his-tuyg‘ular emas, hatto filmlarda otishmalar ham boshqacha. Afsuski, biz asta-sekin xotirani yo‘qotmoqdamiz: hozirda to‘qqizinchi va o‘ninchi sinf o‘quvchilaridan Ulug‘ Vatan urushi haqida so‘rasangiz, eng yaxshi holatda uch-to‘rtta odam normal javob beradi.

– Hozir xalq amerikalashtirilgan, u yerdan sun'iylik paydo bo'lgan. Bondarchuk “Stalingrad”ni suratga oldi – uni tomosha qilib bo‘lmaydi, bu multiplikatsiya, yashil fon. Eski filmlar yanada ishonchliroq. “Stariki”dan keyin men “Nezabytaya pesnya” filmida suratga tushganman, bu Belarus va Toshkentning umumiy ishi edi. Rejissyor – kinoning “cho‘qintirgan otasi” – Ravil Batyrov. U 1963 yilda meni “Kanatohodtsyi” filmida Alijanning birinchi roliga tasdiqlagan edi, mening sherigim Svetlana Sukhovei edi. Umuman olganda, Xudo meni sheriklardan norozi qilmagan (kuladi).

Shunday qilib, o‘sha paytda filmlar ishonchliroq edi, chunki ittifoqdosh respublikalar studiyalari bu urushda halok bo‘lgan qahramonlarini aytib bera olardi. Ular G‘alabaning narxini bilishardi.

Biz Belorussiyadagi yer osti uylarida suratga tushardik, u yerda partizanlar hidi kelardi. Mana shu vaqtni haqiqiy his qilasiz. Kino – bu tabiat. Hatto qishloqqa vino olish uchun tankda borardik va hech kim qo‘rqmas edi. Hamma: “O, kinochilar”, deyardi. Sovet Ittifoqi Qahramoni, Belorussiyaning birinchi kotibi, “Belarusfilm”ga trofey tanklarini topshirishni buyurdi. Shuning uchun barcha “Tigr” va “Panter”lar ishlayotgan edi, men filmda ulardan o‘q uzgan edim.

G‘arb filmlaridagi tomoshalar butunlay boshqacha. Shuning uchun “Ofitsery”, “ Bahorni On yettita zumdalari” va hokazolar 40 yildan ko‘proq vaqt davomida ekranlardan tushmaydi. Bondarchukdan keyin Gollivudda “Vojna i mir”dan so‘ng uni hurmat qilishdi. U asar yaratdi.

– Spilberg ommaviy sahnalarni suratga olishni Bondarchukning filmlaridan o‘rgangani tan oldi.

– Biz sovet an'analari, dunyoni tushunish asosida o‘sganmiz. Ammo nimagadir hozir bu yerda pul topganlarning hammasi G‘arbni maqtashni boshlaydilar. Men buni tushunmayman.

U yerda nima bo‘layotganini ham tushunmayman.

Mana qora tanlini siyosiy sabablarga ko‘ra o‘ldirishdi va ular uning oldida ta'zim qiladilar. Siz bizning faxriylarimiz oldida ta'zim qilishingiz kerak! Siz hozir yashayotganingiz uchun. Har kuni faxriylar oldiga borib, ularga bu “koronavirusli”laringizni berishingiz kerak, chunki ular koronavirusgacha yashab qolishgan. Va biron bir jinoyatchini Isoning o‘rniga qo‘ymaslik kerak!

– Siz Toshkent teatr va san'at institutini tugatishdan oldin “Sevishganlar” filmida suratga tushgansiz. Siz sevimli talaba bo'lganmisiz?

– Aksincha! Men «hardoimgi» talaba edim, shunday deyishardi. Men birinchi marta 1969 yilda o‘qishga kirdim, lekin meni rad qilishdi, ovozimni deb. Va men yuk tashuvchi bo‘lib ishlashga kirdim. Keyin “Sevishganlar” filmi rejissyorimiz (o‘sha paytda suratga olayotgan edik) so‘radi: “Xo‘sh, o‘qishga kirdingmi?” Men dedim: “Yo‘q”. – “Nega aytmading?!” Men dedim: “Hammasi tamom bo’ldi, armiya tayyorlayman”. Ikki-uch kundan keyin meni studiyaga chaqirishdi: “Mana senga maktub, Yugur oliy va o‘rta ta’lim vazirligiga.” Men qabulxonaga kirdim, qarayman, bir tanish odam, rektor ekan. U o‘qidi, imzo qo‘ydi va dedi: “Ertaga o‘qishga kel”. Shunday qilib, men o‘zbek bo‘limining birinchi kursiga o‘qishga kirdim va darhol suratga tushdim! Ammo meni, tabiiyki, ikkinchi kursga qoldirishdi. Menga omad kulib bo‘ldi, men Nina Ivanovna Timofeyeva – xalq artisti oldiga kirdim! U o‘zbekcha gapirmasdi, lekin hamma narsani tushunardi. Kursimizda yevropaliklar yarmi edi, o‘zbekchani zo‘rg‘a gaplashardik. Nina Ivanovna – ajoyib pedagog va inson, uni joyi jannatda bo’lsin. Xo‘sh, men u bilan davlat imtihonini topshirmadim! Va 75-yilda topshirmadim! Faqat 76-yilda topshirdim. Faqat 77-yilda diplomni oldim. Lekin men har doim – har yili, suratga tushardim. Lekin bizda “yulduz” tushunchasi yo‘q edi. O‘sha paytda hech kim o‘zini yulduz deb o’qlagani  yo’q edi. Men hozir tushunaman – agar men o‘zimni yulduz deb o’ylaganimda, do‘stlarim bo‘lmasdi.

– Siz o‘zingiz bo‘lgansiz.

– Ha. O‘ylaymanki, men hech qanday tasvirim yaratmaganman. Hozirgacha o‘zimni aktyor deb hisoblamayman. Bilasizmi, nima uchun? Bu men uchun o‘yin emas, bu hayot. Bu mening taqdirim edi – omad, baxt. 63-yilda kimdir meni bu Anxorga uloqtirdi (men uni Toshkentning ijodiy daryosi deb bilaman), shunday qilib, men suzmoqdaman. Aytgancha, “Sevishganlar” filmining rejissyori – Elyor Ishmuhamedov ssenariyni o‘qishimga ruxsat bermadi, hammasi tabiiy bo‘lishi uchun.

– Sizning kutilmagan sevimli rollaringiz qanday edi?

– Men Pionerlar saroyidagi spektaklda Baba-Yagani o‘ynadim va o‘sha paytda bu ro‘li mendan yaxshi hech kim o‘ynamadi (uch yuz kishi ichida tanlov bo‘ldi). Meni hatto televizorda ko‘rsatishgan.

– Yoqqan ro‘lingiz bormi?

– “Spetsnaz 2” serialida men xoin polkovnik rolini o‘ynadim. Shundan keyin menga hamma tomondan tanqidlar yog‘ildi. Mening tomoshabinlarim bu rolni qabul qilmadi.

– Farzandlaringiz haqida gapirib bering. Ijodiy oilada qanday yashashadi?

– O‘g‘limiz juda kamtar, mantiqiy fikrlash qobiliyati juda yaxshi. Qizim esa menga o‘xshagan – ssenariylar yozadi, xorijiy jurnalistika fakultetini bitirgan. Hozir ular erlari bilan shaxsiy bolalar bog‘chasini ochishdi. Biz ularga yordam beramiz va hammamiz juda mamnunmiz.

– Farzandlaringizni qanday ko‘rishni xohlaysiz? Baxtli, muvaffaqiyatli?

– Muvaffaqiyat men uchun hayotda asosiy mezon emas. Men uchun eng muhimi, ularning sog‘lom bo‘lishi. Mening bolaligim oson bo‘lmadi – o‘n yoshimda otasiz qoldim. U muhim lavozimni egallagan, ammo vafotidan keyin hamma bizdan yuz o‘girdi. Biz hamma narsani sotib yashardik. Men 13 yoshimda suratga tushishni boshladim. Shuning uchun o‘g‘limga aytaman: hech qachon qo‘lni tushirma, hayot senga saboq beradi. Masalan, armiya. Bu maktabdan o‘tmasangiz, qiyin bo‘ladi. Hozir Amerikada politsiyachilar bilan urush. Ular kinoda hammasi shunday – Bruslar Uillislardek – “Men qolaman, men ushlayman”, lekin aslida…

– Siz juda kech uylandiz va turmish o’rto’giz ham  ijodkorli inson. Qanday tanishdingiz, birga qanday yashaysiz?

– Men uni bir yil davomida erishganman! 1987 yilda biz “Shok” filmida suratga tushdik, men jurnalist rolini o‘ynadim, Marina esa kostyum bo‘yicha rassom bo‘lib ishlardi. U shunday mehnatkash edi, hech kimga qaramasdi. Menga ko‘ylakni o‘zgartirish kerak edi buni undan so‘rashdi. O‘sha paytda u menga qaramadi, hamma narsani o‘lchab, ertaga kelishni aytdi. Men keldim, o‘lchab ko‘rdim va hammasiga “Rahmat” dedim (odatda ramziy quti konfet berish kerak edi).

Qizlar hazil qildi: “Demak, faqat rahmat?” Men dedim: “Bolalarni ham so’vg’a qila olaman”. Mening so‘zlarim bashoratli bo‘ldi. Marina keyin rolni tinglashga keldi. Men unga yaxshilab karadim va hayron bo‘ldim, qanday chiroyli qiz ekan – hamma narsa joyida, figurasi ajoyib. O‘yladim: uning yigiti albatta bor, lekin keyin undan tortib olaman. Ma'lum bo‘lishicha, yolg‘iz  edi ekan.

– Siz yaqinda 74 yoshga kirasiz. Qiziqarli hayotiz  haqida nima deya olasiz?

– Men yaxshi odamlar bilan yashadim. Yaxshi odamlar bilan yashasang, yaxshi yashaverasan. Kimdir "SSSRda dahshatli tanqislik bo'lgan", desa, unga ishonmang. Qaysi to'yga bormang, birida yugoslavcha tufli, boshqasida polsha shim, ruminiya ko'ylagi yoki vengriya kamar. Biz o'sha paytlarda Kamchatkaga borardik... Hozir buni tasavvur qila olasizmi, qanday pul kerak?! Men o'sha paytda 120 rubl olardim va har yerga borardim, uchardim. Kamchatkada ham, Janubiy Sakhalinskda ham, Xakasiya va Vladivostokda ham bo'rardim! Esimda, yomg'ir yog'yapti, oktyabr oyi, men Tinch okeanida cho'milayapman. Va issiq!

Bizni qanday mehmondo'stlik bilan kutib olishardi! Odamlar kinoni haqiqatdaan ham yaxshi ko’rishgan, ular uni chin dildan sevishardi. Hozir esa kinolar ko'proq bekorchilikdan, ko'ngilxushlik uchun qilinadi.

Men ishlarimdan faxrlanaman. Men musulmon bo'lsam-da, Sankt Georgiyning uchinchi darajali Ordeniga sazovor bo'ldim, bu 24 akademik tomonidan beriladi.

– 2025 yilda butun dunyo Ulug‘ G‘alabaning 80 yilligini nishonlaydi. Sizda bu yillik qanday his-tuyg‘ular uyg‘otadi?

Men barcha o‘qiyotganlariga, ayniqsa faxriylarga va front orti mehnatkashlariga chuqur hurmatimni va katta rahmatimni izhor qilmoqchiman. Fashizmga qarshi kurashga o‘z yoshlik yillarini bag‘ishlaganlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik tilayman. Vatani uchun jonini berganlarga esa mangu shon-shuhrat va abadiy xotira. Ularning avlodlari hech qachon unutmaydi, biz tarixni o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga yo‘l bermaymiz.

Hammaga pok, yorqin, quyoshli osmon tilayman. Uchuvchilar aytganidek: “parvozni boshlashga ruxsat”! Yoshlar kattalarni hurmat qilsinlar. Faqat keksalarni emas, balki barcha kattalarni hurmat qilsinlar.

– “Karavan-Info” portali tahririyatining barchasi sizni yubileyingiz bilan tabriklaydi! Sizga sog'lik va sevgi, uzoq umr tilaymiz. Hamlet rolini yana o'ynang, agar xohlasangiz.

74 yoshli Hamlet?! (kuladi). Men Hamletni o'ynamaganman, lekin ehtimol, Yorikni o'ynarman?

Yuriy Belolipetskiy, Mariya Kapustina uchun “Karavan-Info” portalida.