Oksana Chusovitina: Qachonki men musobaqalar bilam tanishtirishgannimda, stol ostiga kirib ketgim keladi
19 июль

Oksana Chusovitina: Qachonki men musobaqalar bilam tanishtirishgannimda, stol ostiga kirib ketgim keladi

– Oksana, bolaligizdan boshlaylik. Nima uchun aynan gimnastikani tanladingiz?

– Besh yoshimda meni figurali uchishga olib borishgan, afsuski kirish imtihonlaridan o‘tolmadim. Shundan so‘ng bog‘chaga bordim, lekin u yerdan ham yomon xulqimni deb haydab chiqarishdi. Ko‘p o‘tmay aka sport gimnastikasi bilan shug‘ullanishni boshladi, men ham u bilan birga borganman – onam uyda yolg‘iz qolishimga ruxsat bermagan. Shunday qilib, bir yil davomida erkaklar guruhida shug‘ullandim va bu menga yoqdi. Hatto ayollar jamoasiga o‘tish yoki hayotimni bu sport bilan bog‘lash haqida o‘ylamagandim, hammamiz menga yetarli edi. Ammo, aka shug‘ullanishni tugatgach, meni qizlar guruhiga o‘tishga ko‘ndirishdi.

– Sport martabangizning boshida "muvaffaqiyat" tushunchasini qanday aniqlabsiz?

– Samimiy aytib, 12 yoshgacha Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va boshqalar mavjudligini bilmagan edim. Trening qilardim, chunki menga yoqar edi, muvaffaqiyat haqida o‘ylamagandim. Lekin 1991 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etganimda, mamlakatingizni vakillik qilishning qanchalik katta mas’uliyatini birinchi marta his qildim. Biz jamoaviy ko‘pkurashda oltin oldik, men esa erkin mashqlarda birinchi o‘rinni egalladim. Shu paytda, gimn o‘stida poydastada turganimda, o‘ziga xos his qildim. Katta mamlakatning olti nafar eng yaxshi sportchisi bunday ko‘lamdagi musobaqalarda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilgan, va men ular orasida edim.

– O‘shanda sport gimnastikasi siz uchun haqiqiy kasb ekanligini tushundingizmi?

– Shunday. Lekin hali ham ot sporti bilan shug‘ullanish haqida o‘ylardim, chunki otlarni juda yaxshi ko‘raman. Hozir ham, vaqtim bo‘lganda, ot minuvchilik bilan shug‘ullanaman. Qachondir menga  meni hali kichikligimni aytishibdi, shuning uchun 13-14 yoshgacha kutishni kildirishdi. Ammo bu yoshda Olimpiadaga tayyorgarlik  ketayotgan edi, va yana bir bor gimnastikaliginu men uchun ekanini tushundim. Ba’zan sport kareram tugaganidan keyin ot sportini bilan shug‘ullanaman deb o‘ylardim.

– Sizning martabingizda Germaniya uchun chiqish qilgan davr bo‘lgan. Bizning o‘quvchilarimiz ba'zan nima uchun bunday bo‘lganini so‘rashadi?

– Men Germaniya uchun chiqish qildim, chunki o‘g‘lim jiddiy kasallikka uchradi. Shuningdek davolanish uchun, keyingi besh yilda kasallik qaytmasligignii uchun juda ham pul – 120 ming yevro kerak edi. Bu analizlar, cheksiz tekshiruvlar va hokazolarni hisobga olmaganda. Bunday pulni o‘sha vaqtda ham, hozir ham gimnastlar topolmaydi. Bizda tennis yoki futboldagidek mukofot jamg‘armalari yo‘q. O‘shanda sport vaziri bilan suhbat men uchun muammolarga olib keldi: kimdir mening holatimni tushundi, kimdir esa bunday holatimga qarshi bo‘ldi. Lekin biz erim bilan qaror qabul qildik va men Germaniyaga uchdim. Nemis klubi bilan vaziyatni muhokama qilganimizdan so‘ng, ular menga hamkorlik va moliyaviy yordam ko‘rsatishga rozilik bildirdi. Men ularga juda minnatdorman, chunki bu odamlar  menga yordam berishga kafolat berdilar. Ehtimol, bu yerda ham men dunyo miqyosida taniqli gimnast ekanimni katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. O‘sha vaqtda biz Toshkentdagi hamma narsamizni sotdik, Alisherni davolash uchun qandaydir xarajatlarni qoplash uchun. O‘sha vaqtda Germaniya rahbariyatidan taklif tushdi: agar men ularning mamlakati uchun chiqish qilishga rozi bo‘lsam, sug‘urta barcha xarajatlarni qoplayotgan bolardi. Shunday qilib, 8 yil davomida Germaniya uchun musobaqalarda ishtirok etganman. Va hech qachon o‘g‘limni qutqarish uchun har qanday narsaga tayyor ekanligimni inkor etmaganman, har qanday ona kabi. Ammo bu vaqt ichida o‘g‘lim sog‘ayib ketishini va biz uyga qaytishimizni o‘ylab yashadim.

– Ko‘rinib turibdiki, sportga bo‘lgan muhabbat sizda oilaviy narsa. Eringiz kurashchi, siz gimnastka, o‘g‘lingiz havaskor basketbolchi.

– O‘g‘lim basketbolni juda yaxshi ko‘radi, lekin barcha sport turlari bilan shug‘ullangan – gimnastika, akrobatika, batutda sakrash. Toshkentda bouling va futbol bilan ham shug‘ullangan, leken basketbolda to‘xtadi. Men hech qachon unga nimani shug‘ullanishni kildirmaganman. U hayotda o‘zini o‘zi topishi kerak edi. Mana, masalan, onam har doim sport gimnastikasiga qiziqishimga qarshi bo‘lgan.

– Chempion bo‘lganingizdan keyin hammi?

– Ha, bilaman, u mendan faxrlanadi va yutuqlarimdan xursand. Lekin shu bilan birga, ko‘p tashvish qiladi: to‘satdan jarohat yoki kuchi tugab qolsa nima bo‘ladi. Men ham onalikni ko’rganimadan song, uni tushundim. Hozir ham doim eshitaman: "Bo‘ldi sakrama, nima qilasan sakrab!" Vaqt o‘tishi bilan tushundimki, agar onam meni treninglarga majburlaganida, qarshilik ko‘rsatardim. Ammo shunday qilib, o‘zining taqiqlari va nasihatlari bilan meni jiddiy shug‘ullanishga "undadi". Yoshligimda, ehtimol, unga hammasini uddalay olaman, deb isbotlashni xohlaganman.

– Ko‘p sportchilar martabasini tugatib, diktor, deputat bo‘lishadi. Svetlana Xorkina, Alina Kabaeva va boshqalar. Sizda o‘z chiqishlaringizni tugatib, boshqa ish bilan shug‘ullanish istagi bo‘lmaganmi? Axir, pomostda ishlash oson emas.

– Men qiziq bo‘lgan barcha ishlarni parallel ravishda qilaman. Meni zallarimni ochilishiga taklif qilishadi, bolalarni mukofotlayman, master-klasslar o‘tkazaman, jamoat ishlarini ham qilaman, faqat zalda o‘tirmayman. O‘ylaymanki, hammasi odamning istagiga bog‘liq. Agar u rivojlanishni istasa, har doim buni qilishi mumkin. Va bu, hozirda u shug‘ullanadimi yoki yo‘qmi, muhim emas. Siyosatga aniq kirmayman – bu mutlaqo mening ishim emas. Men O‘zbekistonda bolalar sportini, ayniqsa gimnastika yo‘nalishida rivojlantirishni xohlayman, chunki mening fikrimcha, bu barcha sport turlarining boshlanishidir. Men uchun mendan keyin nima qolishni muhim.

– O‘zbekistonlik gimnastikachilarni xalqaro musobaqalarda kuzatib, so‘ramoqchiman: siz bilan birga chiqish qilayotgan qizlarga yuqori baholar faqat "o‘sha" Chusovitina tufayli qo‘yilmayaptimi?

– Hozirda yosh gimnastikachilar kam, chunki ota-onalar ularni aynan bu sport turiga berishga qo‘rqishadi, uni jarohatli deb hisoblashadi. Ammo siz ko‘chada yiqilib, oyog‘ingizni sindirishingiz ham mumkin, to‘g‘rimi? Shuning uchun hammasi shunchaki dahshatli emas. Savolga javob berar ekanman, aytmoqchimanki, hozirgi musobaqalarda qatnashayotgan yosh sportchilar o‘zlariga loyiq ballarni olishmoqda. Bu, albatta, biz xohlagan darajadagi yuqori ko‘rsatkichlar emas, lekin men shunday hisoblayman – nima qildingizki, shuni oldingiz.

–Siz bilan birga 14 yoshli, "paxtadek" yengil yoshgina xitoylik gimnastikachi chiqayotganida  nimani his qilagan bolardiz? Axir tajribasiz gimnastka aniq "o‘zini o‘rnida emas" deb his qilsa kerak, yonida proffi Chusovitina turganida.

– Pomostda hech qachon kim qanaqilib turganini, kim bilan turganini va qanday harakat qilayotganini e'tibor bermayman. Biz tengma-teng kurashamiz: 16 yoshli bo‘ladimi, 45 yoshli bo‘ladimi. Hakamlar hammani bir xil baholaydi. Bu yerda hammasi bir xil: qilding – olding, qilmading – yutqazding. Bo‘ladi, men bilaman: sakrashim unchalik yaxshi bo‘lmadi. Odamlar kelib, hayron bo‘lib: "Seni baholashmadi!" deyishadi. Men har doim shunday javob beraman: "Yo‘q, bu haqiqat emas. Bugun raqibam mendan kuchliroq bo‘ldi."

– Sizni shunday tempda musobaqalashishga nima majbur qiladi, charchamaysizmi? Axir, 1991 yilda martabiz boshlaganingizdan beri to‘xtamagandek ko‘rinasiz.

– Hatto Osiyo o‘yinlarini va Yevropa chempionatini ham yutib oldim. Charchoq yo‘q, bu menga yoqadi. Qachonki zerikib ketsam, orqaga qaytaman va ketaman, hech qanday majburlash yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Hozircha qila olaman deb his qilsam, shu tempda davom etaman.

– Siz va rafiqa, va ona, va amaldagi sportchi bir shaxssiz. Barcha ishlarni qanday qilib ulgurasiz, uy ishlari bo‘yicha vazifalarni qanday taqsimlaysiz?

– Erim meni qulay his qilishim uchun hamma narsani qildi, hech kim meni "buvtilarga" yuklamaydi. O‘g‘lim kichkina bo‘lganida, erim enaga, o‘zining jiyanini yollagan, u bolaga yordam bergan. Men musobaqalarda bo‘lganimda, uyda ovqat tayyorlamayman, onam keladi va ovqat qiladi.

– Siz Angliyada chiqish qilganingizda, translyatsiya paytida "Match" kanalining diktorlari o‘rtasida qiziqarli dialog bo‘lgan. Chusovitina va uning murabbiyisi Svetova chiqishini e'lon qilgandan so‘ng diktor shunday dedi: "Bu yulduzga murabbiy nima uchun kerak?" Ikkinchi javob berdi: "Ehtimol, reglament bo‘yicha kerak". Birinchi hayrat bilan: "Axir, u murabbiyga o‘rgatishi kerak!" Shunday qilib, sizga murabbiy kerakmi yoki yo‘qmi?

– Har qanday sportchiga, uning tajribasi va mukofotlariga qaramasdan, murabbiy kerak. Ha, ko‘p narsani bilaman, lekin o‘zimni tashqaridan ko‘rmayman – bir, ba'zan meni himoya qilish kerak – ikki, siz snaryadga chiqqanda va ko‘zning bir cheti bilan murabbiyni ko‘rsangiz, psixologik jihatdan osonroq chiqish qilasiz – bu uchinchisada.

– Siz Ginnes rekordlar kitobiga kirdingiz, sizning natijangiznidan ko’p takrorlagan kishi bormi?

– Mendan boshqa hech kim bunday natijaga erishmadi.

– Siz o‘zingizni yulduz deb his qilasizmi, axir siz hattoki 49 yoshda ham o‘z ishingizda eng yaxshisiz?

– Bazilar meni tanishadi. Bu manga yoqadi, lekin men uyalaman. Musobaqalarda meni taqdim eta boshlashganda, men stol ostiga kirishga tayyorman.

– Siz, ehtimol, juda ko‘p his-tuyg‘ularni boshdan kechirgansiz: axir yetti Olimpiya o‘yini orqangizda. Ammo, shunga qaramay, siz kamtarin va uyalchan odam bo‘lib qolasiz.

– Turli his-tuyg‘ular bo‘lgan. Ammo sportdan tashqarida sport bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘p odamlar yashaydi. Bu yerda "yulduzlik"ning hech qanday ahamiyati yo‘q, har doim va hamma joyda inson bo‘lish kerak.

– Agar sizga birinchi raqamli murabbiy bo‘lishni taklif qilsalar, boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘larmidingiz?

– Meni chaqirishadi, lekin men O‘zbekiston uchun chiqishni xohlayman, chunki bu mening uyim. Men Germaniya uchun chiqish qildim: ular meni u yerda qulay his qilishim uchun hamma narsani qildilar. Lekin men uchib ketayotganda, bu begona mamlakat ekanligini tushundim. Birinchi hafta shunchaki yig‘ladim, go‘yo bir "qismimni" yulib tashlashdi, lekin men bilardimki, bu o‘g‘limni leykozdan qutqarish uchun zarur edi, shuning uchun men bu yerda uzoq vaqt turdim. Agar Alisherning kasalligi bo‘lmaganida , men u yerda umuman bo‘lmagan bo‘lardim.

– Oddiy odamlar barcha holatlarni bilishmaydi. Taniqli gimnastkaning mamlakatni keskin o‘zgartirishi Chusovitina haqidagi yomon mish-mishlarga sabab bo‘ldi.

– Ha, har kim o‘zi uchun xulosa qiladi. Ko‘p odamlar so‘rashdi deb: nima uchun va unga qancha pul berishdi? Ajoyib holat bo‘lgan: Jahon kubogida O‘zbekiston uchun chiqish qilganman, lekin gazetada Germaniya bayrog‘i bilan turgan suratimni "qadab qo‘yishdi". Bunday qilish mumkinmi?

– Siz o‘zbek-rus oilasida yashaysiz. Kim oilada boshliq?

– Hozir bizda it boshliq, hatto ikkita it bor: yorkshir terer va Alabay. Bungacha o‘g‘lim boshqarardi. Agar jiddiyroq aytsam, mening oilamda teng huquqlilik mavjud.

– Bizning o‘quvchilarimizga nima tilaysiz?

– Avvalo, mehribonroq bo‘lishni, ko‘proq tabassum qilishni va bir-birlariga quvonch berishini tilayman.

Yuriy Belolipetskiy, Alena Yaroshevich uchun portal "Karavan-Info".