
Afg‘onistonda ayollarga televideniyeda ishlash va matbuot tadbirlarida qatnashish taqiqlandi
Afg‘onistonda ayollar televideniyeda boshlovchilik qilish huquqidan mahrum etildi, ayol jurnalistlarga esa rasmiy tadbirlarga kirish huquqi ommaviy tarzda rad etila boshlandi. Bu Ezgulikni targ‘ib qilish vazirligining yangi farmoni bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra, telekrandagi ayol qiyofasi go‘yoki erkaklarni “vasvasaga solishi” mumkin ekan. Bu haqda Hasht-e Subh gazetasi xabar bermoqda.
Garchi hukumat vakillari yangi taqiqni rasman tasdiqlamagan bo‘lsalar-da, ommaviy axborot vositalaridagi ko‘plab manbalar uning yaqin orada kuchga kirishiga ishonch bildirmoqda.
Televideniyeda ayollar uchun cheklovlar umuman olganda ayol jurnalistlarga nisbatan bosimning kuchayishi bilan birga kelmoqda. Ayol muxbirlarga matbuot anjumanlarida qatnashish taqiqlanmoqda, agar kamdan-kam hollarda ular tadbirga kirishga muvaffaq bo‘lsalar ham, savol berishlariga ruxsat berilmayapti. Bu ularning yuzi kadrda ko‘rinib qolmasligi uchun qilinmoqda.