
2040-yil 8-sentyabrda sayyoralar paradi kutilmoqda
Yer aholisi 2040-yil 8-sentyabrda noyob astronomik hodisa — sayyoralarning katta paradini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Moskva planetariysi astronomi Lyudmila Koshman xabar berdi.
O‘sha kuni Quyosh tizimidagi beshta sayyora — Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn — kun botish osmonida 20 daraja kenglikdagi tor sektorda saf tortadi. Ularga Venera va Saturn oralig‘ida joylashgan Oyning o‘sib boruvchi hiloli ham hamroh bo‘ladi.
Quyosh tizimidagi bir nechta osmon jismlarining bir-biriga yaqin masofada to‘planishi kabi hodisalar juda kam sodir bo‘ladi va bu ham mutaxassislar, ham astronomiya ishqibozlarining e’tiborini jalb etadi.