
Charchoqni yengish va uyqu sifatini yaxshilash usullari
BBC mutaxassislari surunkali charchoqni yengish va uyqu sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdilar.
E’tibor qaratish lozim bo‘lgan birinchi omil — tanadagi temir miqdori. Uning yetishmasligi notinch uyqu va doimiy holsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar ehtimoliy muammolarni aniqlash uchun ferritin yoki gemoglobin ko‘rsatkichlarini tekshirishni tavsiya etadilar.
Ovqatlanish tartibi ham muhim ahamiyatga ega. Sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar, dukkakli o‘simliklar, butun donli mahsulotlar va kam yog‘li sut mahsulotlari kabi vitamin va minerallarga boy taomlar chuqurroq va barqaror uyquga yordam beradi.
Jismoniy faollik, hatto kechqurun qisqa muddatli mashq qilish ham stressni kamaytirish va tanani uyquga tayyorlashga ko‘maklashadi.
Muntazam ovqatlanish tartibiga ham e’tibor berish kerak. Ovqatlanishni o‘tkazib yuborish yoki tartibsiz ovqatlanish charchoq hissini kuchaytirishi mumkin, shu sababli aniq jadvalga rioya qilish muhimdir.
Bundan tashqari, tungi dam olish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik uchun kofeinni uyqudan kamida 10 soat oldin, spirtli ichimliklarni esa 3 soat oldin iste’mol qilishni kamaytirish tavsiya etiladi.