Rossiyada noqonuniy migrantlar ro‘yxati ishga tushadi
16 январь

Rossiyada noqonuniy migrantlar ro‘yxati ishga tushadi

5-fevraldan boshlab Rossiya hududida noqonuniy tarzda turgan muhojirlarning ochiq elektron ro‘yxati amalda bo‘ladi. Ushbu tashabbus mehnat migratsiyasini nazorat qilishni kuchaytirish va noqonuniy ishchilar sonini kamaytirishga qaratilgan.

IIV birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning aytishicha, ro‘yxat har kuni yangilanib turadi. Undan ish beruvchilar, xususiy tadbirkorlar va chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalari tuzishni rejalashtirgan fuqarolar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi tartib ish beruvchilarga mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish oldidan migrantning Rossiyada qonuniy asosda turganligini tekshirish majburiyatini yuklaydi.