
2030-yilga kelib Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi uchun suv tanqisligi xavfi yuzaga kelmoqda
Markaziy Osiyoda 2030-yilga borib iqlim o‘zgarishi tufayli daryolar suv ta’minoti barqarorligi va qishloq xo‘jaligi uchun suv ta’minoti xavf ostida qoladi. Bu haqda Jahon bankining Markaziy Osiyo suv-energetika dasturi (CAWEP) rahbari Dmitriy Petrin Olmaotadagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha media-treningda ma’lum qildi.
Hozirda Markaziy Osiyo daryolarining o‘rtacha yillik suv oqimi 110 kvadrat kilometrni tashkil etib, muzliklarning erishi tufayli nisbatan barqaror bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, mutaxassislar ularning yo‘qolishi bilan oqim oldindan aytib bo‘lmaydigan yog‘ingarchilikka bog‘liq bo‘lishini taxmin qilmoqda.
"Hozir suv tanqisligi yo‘q. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar hech qanday chora ko‘rilmasa, u 2030 yilga kelib paydo bo‘ladi," - deya ta’kidladi Dmitriy Petrin.
Suv tanqisligi Markaziy Osiyoda 80% sug‘orishga bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning 30% va aholi bandligining 40% ini ta’minlaydigan qishloq xo‘jaligi uchun eng katta xavf tug‘diradi.
Shu bilan birga, suvni tejash imkoniyatlari mavjud, chunki sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar 40 dan 60% gacha bo‘lib, bu nafaqat suv yo‘qotilishiga, balki tuproqning sho‘rlanishiga va hosildorlikning pasayishiga olib keladi.