AQShda “Shrek” multfilmi qahramonining prototip eshagi vafot etdi
5 январь

AQShda “Shrek” multfilmi qahramonining prototip eshagi vafot etdi

Kaliforniyaning Bol bog‘ida “Shrek” multfilmidagi Eshak obrazi uchun namuna bo‘lgan miniatura eshak Perri hayotdan ko‘z yumdi. Qariyb 30 yil davomida bog‘ning ajralmas qismiga aylangan hayvon 30 yoshida vafot etdi.

Perri laminitning og‘ir shakli — kuchli og‘riq keltirib chiqaradigan tuyoq kasalligi tufayli orom topdi. Eshak parvarishchisi Jenni Kiratlining aytishicha, bog‘ xodimlari Perrining ahvolini yengillashtirish uchun barcha choralarni ko‘rishgan, jumladan, igna bilan davolash, lazer terapiyasi va uqalash usullarini qo‘llashgan. Biroq, hayvonning ahvoli yomonlashishda davom etgani sababli, uning azoblanishini to‘xtatish maqsadida evtanaziya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.