Niderlandiya olimlari bananlarning yo‘qolib ketishining oldini olish uchun yangi nav yaratmoqda
1 декабрь

Niderlandiya olimlari bananlarning yo‘qolib ketishining oldini olish uchun yangi nav yaratmoqda

Niderlandiyadagi KeyGene, Musaradix kompaniyalari va Vageningen universiteti olimlari bananlarning asl ta’mini saqlab qoluvchi yangi navini ishlab chiqishga kirishdilar. The Wall Street Journal xabar berishicha, bu qadam an’anaviy navlarning turli kasalliklar tufayli yo‘qolib ketish xavfi tufayli zaruriy choraga aylandi.

Yangi navni yaratish uchun 150 xil banan namunasini o‘z ichiga olgan genetik bankdan foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda o‘simliklar issiqxonalarda o‘stirilmoqda, biroq ular hali meva tugmagan.