
IHTT rivojlangan mamlakatlarda savodxonlikning pasayishini aniqladi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) rivojlangan mamlakatlarda aholi savodxonligi darajasining pasayishini ko‘rsatuvchi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Tadqiqot 2022-yildan 2023-yilgacha 31 ta mamlakatda o‘tkazilib, 2011-2017-yillardagi ma’lumotlar bilan taqqoslangan.
O‘qish ko‘nikmalarining sezilarli darajada yaxshilanishi faqat Daniya va Finlyandiyada qayd etilgan bo‘lsa, Polsha, Litva, Janubiy Koreya, Slovakiya va Yangi Zelandiyada sezilarli pasayish kuzatilmoqda. IHTT vakili Andreas Shlyayxer bu tendensiyani internet qulay bo‘lgan davrda murakkab va uzun matnlarga bo‘lgan qiziqishning kamayishi bilan bog‘laydi.
Matematik testlar esa, aksincha, ishtirokchilarning ko‘nikmalari yaxshilanganligini qayd etib, optimistik natijalarni ko‘rsatdi.