
Eronda axloq-odob qoidalarini buzganlik uchun o‘lim jazosi joriy etilmoqda
Shu haftadan boshlab Eronda axloq-odob qoidalarini buzganlik uchun jazolarni kuchaytiruvchi yangi qonun kuchga kiradi. Yalang‘ochlik, behayolik yoki ochiq-sochiqlikni targ‘ib qilishda ayblanган ayollarga nafaqat katta miqdordagi jarima va qamoq jazosi, balki o‘lim jazosi ham tahdid solishi mumkin.
“Iffat va hijob madaniyati” to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, axloqiy qoidalarni buzish 15 000 AQSH dollari miqdorida jarima, darra urish va 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Takroran qonunni buzuvchilarga nisbatan eng qat’iy choralar qo‘llaniladi.
Yangi qoidalar xorijiy ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiluvchi chet eldagi fuqarolarga ham tatbiq etiladi.
Jinoyat kodeksining “Yer yuzida buzg‘unchilik tarqatish” bilan bog‘liq 296-moddasiga alohida e’tibor qaratilgan — bu Eron hokimiyati islomiy axloq-odobning turli xil buzilishlarini tasvirlash uchun foydalanadigan noaniq ta’rif. Ayollar ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilsa, ularga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.