O‘zbekiston MDH ziyolilari forumida ishtirok etdi
Boshqirdiston Respublikasida MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVII Forumi o‘tkazildi. Tadbirning asosiy mavzusi MDHdagi umumiy qadriyatlar va madaniy xilma-xillikni muhokama qilish edi.
Forum birinchi marta ishtirokchi davlatlarning poytaxtlarida emas, balki mintaqaviy markazda bo‘lib o‘tdi. Rossiya Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyning ta’kidlashicha, bu Forumda do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitini yaratishga imkon berdi. U tadbir o‘tkazish joyi sifatida Ufani tanlash mintaqaning ko‘p millatli va mehmondo‘stligini hisobga olgan holda mutlaqo to‘g‘ri qaror bo‘lganini aytib o‘tdi.
Forumda MDH davlatlaridan ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohasi vakillari, shuningdek, vazirliklar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. “Raqamli o‘zgarishlar davrida ilm-fan va ta’lim” mavzusidagi panel muhokamasi asosiy jihatlardan biri bo‘ldi.
“’Svet’ mobil ilovasi — rus tili va rus madaniyatiga qiziquvchilar uchun ochiq elektron kutubxona. Xorijiy mamlakatlarda klassik va intellektual adabiyotlarga bo‘lgan talab yuqoriligini, Rossiyadan tashqarida xizmatdan foydalanishga qiziqish ortib borayotganini ko‘ryapmiz. ’Svet. Kitoblar va audiokitoblar’ ilovasining yangi versiyasi chiqarilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman. Bu butun dunyo uchun yagona ilova bo‘lib, unda birinchi marta mashhur san’atkorlar: Sergey Chonishvili, Renata Litvinova va boshqalar ijrosidagi audiokitoblar mavjud,” — deya ta’kidladi Rossiya davlat kutubxonasi Media kommunikatsiyalar va dizayn boshqarmasi boshlig‘i Anna Andreyeva.
Forum doirasida ijodiy innovatsiyalar, milliy madaniy an’analar va ko‘ngillilarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni mavzulari ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga, ijodiy oliy o‘quv yurtlarining o‘zaro hamkorligiga, MDH hududida kinematografiya va inklyuziv san’atni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbatlarida qatnashdilar.
Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi keyingi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi rezolyutsiya qabul qilinishi Forum ishining yakuni bo‘ldi.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun