
O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.
Poytaxtimiz xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri O‘ljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi, shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.