iOS yangilanishi fotosuratlar ma’lumotlarini Apple’ga yuborishni faollashtirdi
6 январь

iOS yangilanishi fotosuratlar ma’lumotlarini Apple’ga yuborishni faollashtirdi

iPhone’ga iOS 18.1 yangilanishi o‘rnatilgandan so‘ng, “Kengaytirilgan vizual qidiruv” funksiyasi avtomatik tarzda ishga tushdi. U fotosuratlar haqidagi ma’lumotlarni yuboradi va tasvirlarni papkalarga aniqroq joylashtirish uchun ularning joylashuvini aniqlaydi.

Funksiya tavsifida u “suratlaringizdagi joylarni maxfiy ravishda taqqoslaydi” deyilgan. Biroq, dasturchi Jeff Jonson o‘z blogida bu bayonotni tanqid qilib, ishlab chiqaruvchiga ma’lumot uzatish to‘liq maxfiy bo‘la olmasligini ta’kidladi. U, shuningdek, dasturiy ta’minotdagi har qanday xato foydalanuvchilarni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini qayd etdi.

Apple vaziyat yuzasidan izoh bermadi.