Kanada AQShga neft va uran eksportiga soliq joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, bu Trampning rejalariga javob tariqasida
14 декабрь

Kanada AQShga neft va uran eksportiga soliq joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, bu Trampning rejalariga javob tariqasida

Kanada Donald Tramp joriy qilmoqchi bo‘lgan o‘z tovarlariga 25 foizlik bojlarga javob berishga yangi strategiya bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. The Globe and Mail gazetasi xabar berishicha, mamlakat hukumati neft, uran va potash (kaliy karbonat) eksportiga soliqlar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, javob choralari g‘oyasi hali ishlab chiqilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, bu allaqachon mamlakat ichida jiddiy bahslarga sabab bo‘ldi. Alberta provinsiyasining bosh vaziri Daniyel Smit eksport soliqlarining joriy etilishi Kanadaning ichki birligiga zarar yetkazishi va AQSH bilan munosabatlarni yanada yomonlashtirishi mumkinligidan xavotirini bildirdi.

Bunday harakatlar milliy birdamlik inqiroziga olib kelishi mumkin,” dedi Smit va neft hamda uran eksportiga solinadigan soliqlar bu resurslarni qazib olish asosiy tarmoq hisoblangan Alberta iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.