Qirg‘iziston va Tojikiston bahsli hududlar masalasini hal etdi
14 декабрь

Qirg‘iziston va Tojikiston bahsli hududlar masalasini hal etdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan bahsli hududlar masalasi hal etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Kabar agentligi xabar berdi.

Japarovning aytishicha, bahsli hududlar har ikki tomonning manfaatlarini inobatga olgan holda teng taqsimlangan. Hukumatlararo komissiya hududlarni teng taqsimlash, ba’zi joylarda esa ularni ayirboshlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan.

Aytish mumkinki, bahsli masalalarda umumiy til topa oldik, bahsli yerlarni teng (50/50) bo‘lib oldik,” — deya ta’kidladi prezident.

Komissiya ishi yakunlanganidan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi chegarani ochish ko‘zda tutilmoqda. Japarov so‘nggi uch yil davomida chegara postlari yopiq bo‘lgani, bu esa har ikki tomonga iqtisodiy zarar yetkazganini alohida qayd etdi.

Savdo-sotiq to‘xtab qoldi. Endi biz chegara postlarini ochishimiz va ikki davlat o‘rtasidagi savdoni eng yuqori darajaga ko‘tarishimiz zarur,” — dedi Qirg‘iziston prezidenti.