Olimlar ogohlantirmoqda: vayronkor quyosh chaqnashi insoniyatni "tosh asri"ga qaytarishi mumkin
14 декабрь

Olimlar ogohlantirmoqda: vayronkor quyosh chaqnashi insoniyatni "tosh asri"ga qaytarishi mumkin

Quyosh mega-chaqnashlari — Yer texnologiyalariga halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan noyob va g‘oyat kuchli hodisadir. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday hodisalar oddiy quyosh chaqnashlari va magnit bo‘ronlaridan 10 000 baravar kuchliroqdir.

Bunday chaqnashlar sayyoradagi hayotga bevosita xavf tug‘dirmasa-da, ularning oqibatlari falokatli bo‘lishi mumkin. Mega-chaqnash elektronikani ishdan chiqarishi, serverlardagi ma’lumotlarni yo‘q qilishi, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshlarning qulab tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Oxirgi marta bunday mega-chaqnash 1859-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda 10 milliard yadro bombasiga teng energiya chiqarilishi insoniyatning texnologik rivojlanish darajasi pastligi tufayli global vayronagarchilikka olib kelmagan.

Bugungi kunda olimlar keyingi shunga o‘xshash hodisaning ehtimoliy oqibatlariga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. 2031-yilgacha yaqinlashib kelayotgan quyosh chaqnashi haqida oldindan ogohlantirish imkonini beruvchi “Vigil” zondini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.