
Olimlar “ko‘zgu hayot” mikroblarini o‘rganishning “misli ko‘rilmagan xavfi” haqida ogohlantirmoqda
Nobel mukofoti sovrindorlarini o‘z ichiga olgan xalqaro olimlar guruhi “ko‘zgu hayot” deb ataladigan mikroblarni tadqiq etishni to‘xtatishga chaqirdi. Ularning fikricha, tabiatda uchraydigan tuzilmalarni aks ettiruvchi ko‘zgu molekulalari asosida sun’iy organizmlar yaratish Yerdagi hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “ko‘zgu hayot” bakteriyalari atrof-muhitga moslashib, odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning himoya immun tizimlarini chetlab o‘tish qobiliyatiga ega. Bu tabiiy organizmlar samarali himoyaga ega bo‘lmagan holda o‘limga olib keluvchi infeksiyalar paydo bo‘lishi xavfini yuzaga keltiradi.
Olimlarning qayd etishicha, bu sohadagi tadqiqotlar biosfera uchun ‘misli ko‘rilmagan xavf"larni keltirib chiqarishi mumkin, chunki bunday organizmlarning ekotizimlarga ta’sirini oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi.