
Qozog‘iston Shanxay hamkorlik tashkiloti byudjetiga qancha to‘laydi?
Qosim-Jo‘mart To‘qayev SHHT byudjeti to‘g‘risidagi protokol loyihasini ma’qullash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat SHHTga a’zo davlatlarning badallari miqdorini belgilaydi.
SHHT umumiy byudjetiga Rossiya va Xitoy eng katta hissa qo‘shadi, ularning har biri xarajatlarning 17,6 foizini qoplaydi. Qozog‘iston byudjetning 15,2 foizini ta’minlab, uchinchi o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston 12,6 foiz ajratadi. Qirg‘iziston 7,6 foiz, Tojikiston 6 foiz ulush bilan ishtirok etadi. Hindiston va Pokiston har biri 5,9 foizdan, Eron va Belarus esa 5,8 foizdan hissa qo‘shmoqda.