
Xorijiy ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi
2024-yil 1-noyabrdan boshlab chet ellik ish beruvchilarning xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston fuqarolari uchun ochiq bo‘ladi. Prezident qarori bilan bo‘sh ish o‘rinlari Migratsiya agentligining elektron platformasiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi belgilangan.
Fuqarolar o‘z rezyumelarini ushbu platformada e’lon qilishlari va e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi. Chet elga vaqtinchalik ishlash uchun ketishni rejalashtirganlar Migratsiya jamg‘armasidan ikki yil muddatga 10 million so‘mgacha mikrokreditlar olishlari mumkin. Shuningdek, agentlik ishga joylashish va ish vizasini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha bepul maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.
2024-yil 1-dekabrdan xorijda ishlashni istovchilar uchun kasbiy ta’lim va chet tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etiladi. Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish jarayoni soddalashtirilib, zaxiraga qo‘yiladigan mablag‘lar miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravaridan 4000 baravarigacha kamaytiriladi. Asta-sekin, 2026-yil 1-yanvarga qadar agentlik fuqarolarni xorijda tanlash va ishga joylashtirish vazifalarini xususiy agentliklarga topshiradi.