
Xitoyda 3000 yillik ipak qoldiqlari topildi: bronza davrining noyob kashfiyoti
Xitoylik arxeologlar bronza davriga oid qurbonlik chuquridan taxminan 3000 yillik ipak qoldiqlarini topib, noyob kashfiyot qildilar. Bu topilma shuni ko‘rsatadiki, ipak o‘sha davrlardayoq muqaddas ahamiyatga ega bo‘lgan va marosimlarda qo‘llanilgan.
Qazish ishlari Sichuan viloyatidagi qadimgi Shu davlati hududida olib borildi. Bu yerda o‘sha davrning muhim ipakchilik markazi bo‘lgan Sansingduy poytaxti joylashgan edi. Hayratlanarlisi shundaki, barcha ipak namunalari, shuningdek, yonida topilgan nefrit, fil suyagi va bronzadan yasalgan buyumlar ham kuyish izlariga ega. Olimlar bu materiallardan qurbonlik marosimlarida foydalanilgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqdalar.
Ipak qurti g‘umbagidan olinadigan ipak nafaqat go‘zalligi, balki sehrli xususiyatlari uchun ham yuksak qadrlanardi. Qadimgi matnlarga ko‘ra, u dafn marosimlarida marhumlarga samoviy saltanatga erishishga yordam beradigan liboslarni tayyorlash uchun ishlatilgan.