
O‘zbekiston Peterburgdagi forumda iqtisodiy tashabbuslarni taqdim etadi
Bugun, 18-iyun kuni Rossiyaning Shimoliy poytaxtida XXVIII Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) o‘z ishini boshladi. Rejalashtirilgan tadbirlar orasida Rossiya – O‘zbekiston biznes-muloqoti ham bo‘lib, unda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Forumning bosh mavzusi "Umumiy qadriyatlar – ko‘p qutbli dunyoda o‘sishning asosi" deb belgilangan. Dastur beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 150 ga yaqin sessiyani qamrab olgan: jahon va Rossiya iqtisodiyoti, ijtimoiy soha, texnologiyalar hamda shahar muhitini rivojlantirish.
Umuman olganda, forum doirasida Rossiyaning Hindiston, Xitoy, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Eron, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar bilan 19 ta biznes-muloqoti o‘tkaziladi.
Yoshlar tashabbuslariga, kichik va o‘rta biznesga, ijodiy sanoat sohalariga alohida e’tibor qaratiladi. Madaniy dasturda spektakllar, ko‘rgazmalar va "Peterburg fasllari" festivali o‘rin olgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yalpi majlisdagi an’anaviy nutqi 20-iyunga belgilangan. Bu yilgi forumning faxriy mehmoni Bahrayn Qirolligi bo‘ladi.