Eotsen davrida Arktika tropik jannatga o‘xshardi
7 январь

Eotsen davrida Arktika tropik jannatga o‘xshardi

Moskva Davlat universiteti olimlari AQSH va Buyuk Britaniya hamkasblari bilan birgalikda 56-45 million yil avval Arktikada tropik iqlim hukm surganini aniqladilar. Eotsen deb ataluvchi bu davrda o‘rtacha yillik harorat 21-22 °C ga yetgani, bu esa marjon riflariga o‘xshash karbonat tuzilmalarning shakllanishiga sharoit yaratgani ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, issiq iqlim keyinchalik keskin sovish bilan almashindi va mintaqa ekotizimini o‘zgartirdi. Olimlarning ishlari atrof-muhitning hozirgi o‘zgarish jarayonlarini tushunish uchun qadimgi iqlimni o‘rganish muhimligini ta’kidlaydi.