Shavkat Mirziyoyev "Air Products"bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O’zbekiston prezidenti “Air Products” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O’zbekistonda yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan xalqaro kompaniya bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda O’zbekistonda “Air Products” bilan qo’shma loyihalarning umumiy qiymati 2,5 milliard dollardan oshdi. Yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu loyihalar uglevodorodlarni qayta ishlash va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qishloq xo’jaligida ilg’or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Bundan tashqari, energetika va kimyo tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun