Davlat dumasi Rossiyadan migrantlarning chiqib ketishi oqibatlari haqida ogohlantirdi
11 ноябрь

Davlat dumasi Rossiyadan migrantlarning chiqib ketishi oqibatlari haqida ogohlantirdi

Rossiya hozirgi demografik inqiroz sharoitida mehnat muhojirlaridan voz kecha olmaydi, deb ta’kidladi Davlat dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari qo‘mitasi a’zosi Svetlana Bessarab. U NEWS.ru nashriga bergan suhbatida ishchi kuchi tanqisligi tug‘ilishning pastligi bilan bog‘liqligini, buning ildizlari esa qayta qurish davri keyingi davrga borib taqalishini aytdi.

Hozir mehnat muhojirlaridan voz kechish imkonsiz, chunki biz demografik jarlikda turibmiz. 90-yillarda boshlangan tug‘ilish bilan bog‘liq muammolar bugun kadrlar yetishmovchiligi ko‘rinishida keskinlashgan,” — deya izoh berdi Bessarab.

U yana shuni ta’kidladiki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgari mamlakatda taxminan 1,5 million ishchi yetishmasligiga e’tibor qaratgan edi. Bessarabning aytishicha, migrantlar ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosini to‘liq hal qila olmasa-da, Rossiya qonunchiligi mahalliy aholi va muhojirlar manfaatlarini hisobga olgan holda xorijiy mutaxassislarni ochiq-oydin jalb qilish imkonini beradi.