
"RBK": Alisher Usmonov FIE rahbarligiga nomzod qilib ko‘rsatgani uchun qilichbozlik federatsiyalariga minnatdorlik bildirdi
Sanksiyalarga qaramay, 103 ta mamlakat Alisher Usmonovni Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) rahbari lavozimiga beshinchi muddatga saylanishi uchun qo‘llab-quvvatladi.
Ilgari O‘zbekiston SSR terma jamoasi a'zosi bo‘lgan Usmonov so‘nggi 15 yil davomida jahon qilichbozligini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida qilichbozlik harakati 155 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirdi va qilichbozlar ilk bor Olimpiya o‘yinlarida o‘z sport turlari uchun to‘liq medal jamlanmasini — 12 medal — qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Usmonov xalqaro federatsiyalar rahbarlari orasida 2019-yildagi doping mojarosi fonida toza rus sportchilarini chetlatishga qarshi chiqib, Rossiya bayrog‘i ostida chiqishlarni taqiqlashni kamsitish deb atagan kam sonli rahbarlardan biri edi.
"Olimpiya chempioni Svetlana Jurova fikricha, Usmonov haqiqatan ham qilichbozlikni sevadi va bu sport turi uchun ko‘p ish qilmoqda. Shuning uchun uning imkoniyatlari yuqori — u sezilarli qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ldi." Saylovlar 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Usmonovning raqibi, shved Otto Drakenbergni faqat bitta federatsiya — shved federatsiyasi qo‘llab-quvvatlagan.