Qisqa videolar miya uchun xavfli
19 январь

Qisqa videolar miya uchun xavfli

Tyanjin pedagogika universiteti mutaxassislarining tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, TikTok, Reels va boshqa platformalardagi qisqa videolar miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va kuchli qaram qilib qo‘yishi mumkin. Bunday videolarni muntazam ravishda tomosha qilish jiddiy kognitiv va psixologik buzilishlarga olib kelishi aniqlandi.

Olimlar ikki oy ichida sinov ishtirokchilarining miya orbital po‘stlog‘idagi kulrang modda hajmi 2,3 foizga kamayganligini aniqladilar. Bu miyaning qaror qabul qilish va impulslarni nazorat qilish uchun javobgar qismidir. Bundan tashqari, tadqiqot ishtirokchilarida uyqu sifati sezilarli darajada yomonlashdi: uyquga ketish vaqti 40 foizga oshdi va ko‘ngillilarning yarmida surunkali uyqusizlik rivojlandi.

Boshqa oqibatlar orasida diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi ham bor. Tajriba ishtirokchilari e’tiborlarini atigi 47 soniya ushlab tura olishar, shundan so‘ng yana telefonlariga qaytishardi. Shuningdek, sinovdan o‘tganlarning 64 foizi yuqori darajadagi xavotirni boshdan kechirgan, ularning yarmiga esa depressiya tashxisi qo‘yilgan.