
O‘zbekistonga Buryatiyadan delegatsiya tashrif buyurdi
Toshkentda Buryatiya Respublikasi Hukumati Rais o‘rinbosari — mintaqa iqtisodiyot vaziri Yekaterina Kochetova boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov hamda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakili Konstantin Zligostev bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Rossiya mintaqasining O‘zbekiston bilan kelajakdagi hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ta’kidlash joizki, Buryatiya allaqachon Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, ushbu respublikaga tashrif Sibir mintaqasining tashrif dasturiga kiritilgan.
“Bizning fikrimizcha, mintaqaning O‘zbekiston bilan hamkorligini yanada rivojlantirishga turtki berishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar orasida farmatsevtika, turizm, shuningdek, o‘rmon sanoati majmuasi va selluloza-qog‘oz sanoati korxonalari mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirish alohida ahamiyatga ega,” — dedi Zligostev.