
O‘zbekistonda avtobusda naqd pul to‘lashdan butunlay voz kechiladigan bo‘ldi
Transport vazirining ma’lum qilishicha, 2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul to‘lash butunlay bekor qilinadi. Buning o‘rniga yo‘lovchilar avtobus bekatlarida o‘rnatiladigan maxsus kiosklardan chiptalar yoki QR-kodlarni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, vazirlik Toshkent va Samarqandda elektrobuslarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda 1294 ta yangi avtobus xarid qilinishini e’lon qildi. 2030-yilga kelib jamoat transporti parkini 5000 ta avtobusga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan 2000 tasi elektrobuslar bo‘ladi. Natijada butun mamlakat zamonaviy jamoat transporti bilan ta’minlanadi.