Xitoyda inqilobiy aniqlikdagi ko‘chma atom soati yaratildi
8 январь

Xitoyda inqilobiy aniqlikdagi ko‘chma atom soati yaratildi

Xitoylik olimlar harbiy va ilmiy sohalarda tub o‘zgarish yasashi mumkin bo‘lgan dunyodagi birinchi ko‘chma NIM-TF3 atom soatini ishlab chiqdilar. Balandligi atigi 1,5 metr bo‘lgan korpusga joylashtirilgan soat g‘oyat yuqori aniqlikka ega bo‘lib, uning xatoligi 1/5 kvadrillion soniyadan kam. Ularni yerda ham, havoda ham tashish mumkin, deb xabar bermoqda South China Morning Post (SCMP).

Ushbu soat minglab kilometr masofadagi radarlarni sinxronlash imkonini beradi, bu esa elektron urushlarda va murakkab tizimlarni boshqarishda sezilarli ustunlik yaratadi. Ko‘chma bo‘lgani tufayli ularni istalgan radiolokatsion stansiyalarga va radioelektron kurash vositalariga ulash, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni misli ko‘rilmagan aniqlik bilan uzatish uchun qo‘llash mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, yangi ishlanma zamonaviy harbiy mojarolarning borishini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. SCMP ta’kidlashicha, bunday qurilmalar ilmiy fantastika elementlarini voqelikka aylantirishi ham mumkin. Misol uchun, turli jangovar platformalar tomonidan tarqatiladigan lazerlar yoki mikroto‘lqinlarni sinxronlashtirish ularni kuchli halokatli nurga birlashtirish imkonini beradi.