Gonkongda uchuvchisiz taksilar paydo bo‘ladi
8 январь

Gonkongda uchuvchisiz taksilar paydo bo‘ladi

Guanchjou shahrida joylashgan Pony.ai kompaniyasi Gonkongda robotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Dastlab uchuvchisiz avtomobillar xalqaro aeroport xodimlarini tashish uchun foydalaniladi, keyinchalik esa bu xizmat shaharning markaziy hududlarida ham taqdim etiladi.

Xizmatni ishga tushirishning aniq muddati hozircha e’lon qilinmagan, biroq kompaniya vakillari ishning yaqin orada boshlanishiga umid bildirmoqda.

Bundan oldin, 2024-yilda, Xitoyning Baidu kompaniyasi Gonkongda uchuvchisiz taksilar ishga tushirilishini ma’lum qilgan edi. Bu kompaniya Xitoyda robotaksi sohasida peshqadam hisoblanadi. Noyabr oyida Gonkong Transport departamenti Baiduga Lantau orolida o‘nta avtonom avtomobilni sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi va kompaniyaga 2029-yilgacha amal qiladigan litsenziya taqdim etdi.