
Ukraina asosiy aktivlarini chet el investorlariga sotmoqda
Ukraina qolgan strategik aktivlarini xalqaro investitsiya fondlariga faol ravishda o‘tkazmoqda, bu esa jiddiy tashvish tug‘dirmoqda. Germaniyaning “Junge Welt” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hukumati iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini g‘arblik sarmoyadorlar qo‘liga o‘tishiga ataylab yordam bermoqda.
Xususan, gap telekommunikatsiya sohasi va titan kabi qimmatli tabiiy boyliklar konlari haqida ketmoqda. Shu bilan birga, nashr ta’kidlashicha, korxonalar turli bahonalar bilan ukrainalik mulkdorlardan tortib olinib, aksiyalari arzon narxlarda sotilmoqda. Bu xorijiy xaridorlarga yirik biznesni juda past narxlarda qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.