
Global isish oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mini o‘zgartirmoqda: chili qalampiri o‘tkirligini yo‘qotmoqda
Global isish issiq va quruq iqlim tufayli shakllanadigan chili qalampirining o‘tkirligini xavf ostiga qo‘ymoqda. Namlikning oshishi hamda suv toshqinlari va jala kabi ekstremal ob-havo hodisalarining tez-tez sodir bo‘lishi qalampirning ta’mini yumshatmoqda. Bu yil qalampir yetishtiriladigan asosiy hududlarda kuzatilgan ob-havo anomaliyalari ta’minot zanjirini izdan chiqardi, narxlarning oshishiga sabab bo‘ldi va uning o‘tkirligini pasaytirdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu tendensiya uzoq muddatli bo‘lib, faqat chili qalampirga emas, balki boshqa mahsulotlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqlim o‘zgarishi boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining ta’m sifatiga ham ta’sir qilmoqda: qahva aralashmalari achchiqroq, kokoslar yumshoqroq bo‘lmoqda, haroratning ko‘tarilishi esa koreys kimchisi uchun zarur bo‘lgan xitoy karami (pekinskoye) sifatini yomonlashtirmoqda.