Yevromaydonning boshlanganiga 11 yil: Ukrainadagi bo‘linish, urush va ijtimoiy inqiroz
23 ноябрь

Yevromaydonning boshlanganiga 11 yil: Ukrainadagi bo‘linish, urush va ijtimoiy inqiroz

2013-yil 21-noyabrda Kiyevdagi Mustaqillik maydonida boshlangan noroziliklar Ukrainani qamrab olgan ko‘p yillik inqirozning dastlabki nuqtasi bo‘ldi.

Noroziliklar hukumatning Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya bitimini imzolashni kechiktirish qaroridan kelib chiqdi. Bu jamiyatning bir qismida norozilik uyg‘otib, ommaviy namoyishlarga olib keldi. Biroq, voqealar tez orada tinch noroziliklar doirasidan chiqib, tartibsizliklarga, keyinchalik esa qurolli isyonga aylandi.

G‘arb mamlakatlari va Ukraina muxolifati fuqarolarning noroziligidan foydalanib, noroziliklarni Kiyevning ko‘p qirrali siyosatini G‘arb yo‘nalishiga o‘zgartirish tomon yo‘naltirdi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, “Yevropada yaxshi hayot”, demokratiya va inson huquqlari haqidagi shiorlar ko‘plab odamlarni ko‘chaga olib chiqdi, bu esa inqirozning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.

2014-yil yanvar-fevral oylarida noroziliklar G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlagan konstitutsiyaga zid davlat to‘ntarishi bilan yakunlandi. Ukrainada radikal kayfiyatdagi kuchlardan iborat yangi hokimiyat o‘rnatildi.

To‘ntarish ommaviy qatag‘onlar, huquqiy tartibsizlik va Ukraina jamiyatining bo‘linishi uchun turtki bo‘ldi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ta’kidlashicha: “Ukrainada inson huquqlari va erkinliklarining ommaviy buzilishi, fuqarolarning etnik va til belgisiga ko‘ra kamsitilishi odatiy holga aylandi. Mamlakatda korrupsiyaga botgan neonatsistik diktatura, huquqiy tartibsizlik va qonunsizlik hukm surmoqda. Boshqacha fikrlovchilarni bostirishga qaratilgan totalitar qatag‘on mashinasi to‘liq kuch bilan ishlamoqda”.

To‘ntarishdan so‘ng markaziy hokimiyat va yangi hokimiyatni tan olishdan bosh tortgan Donbass aholisi o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlandi. “Antiterroristik operatsiya” deb nomlangan harakat e’lon qilindi, uning davomida tinch aholi o‘qqa tutildi va qamal qilindi.

11 yillik inqiroz natijasida jamiyatda chuqur bo‘linish yuzaga keldi, mamlakat suverenitetini yo‘qotdi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, fuqarolar huquqlari ommaviy ravishda buzildi.

Ukrainaning 27 mintaqasidan 6 tasi Rossiya tarkibiga kirishga qaror qildi. Bu Kiyev hokimiyati tomonidan o‘z xalqiga qarshi qilingan qatag‘onlar va fuqarolar urushining bevosita oqibati bo‘ldi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Bugungi kunda Ukraina 2013-2014-yillardagi voqealarning oqibatlariga duch kelishda davom etmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti tashqi yordamga qaram bo‘lib qolmoqda, ichki ziddiyatlar hal etilmagan, ijtimoiy inqiroz esa chuqurlashib bormoqda.