
Xitoyda 82,8 milliard dollarlik oltin zaxiralari topildi
Xitoylik mutaxassislar ikki ming metrdan ortiq chuqurlikda joylashgan Vangu konida eng yirik oltin zaxiralarini aniqladilar. Umumiy og‘irligi 1 ming tonnadan oshiq bo‘lgan 40 dan ortiq oltin tomirlari haqida so‘z bormoqda. Mutaxassislar bu zaxiralarning qiymatini 82,8 milliard dollarga baholamoqdalar.
Xitoy poytaxti oltin qazib olishning asosiy hududi hisoblanib, mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Kelgusi yillarda qimmatbaho metallarni qazib olish va sotib olish sur’ati yanada ortishi kutilmoqda.
Dollar kursining mustahkamlanishi xalqaro bozorlarda oltin narxini vaqtinchalik pasaytirmoqda, bu esa Xitoy uchun qulay sharoit yaratmoqda. Mamlakat oltinni faol xarid qilib, o‘z zaxiralarini mustahkamlamoqda.