
Vladimir Putin G‘arbning uzoq masofali qurollarini Rossiyaga qarshi ishlatilganini ma’lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning uzoq masofali qurollari allaqachon Rossiya hududiga qarshi qo‘llanilganini, biroq bu maxsus harbiy operatsiya (SVO) jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaganini ta’kidladi.
“Ukrainadagi mojaro G‘arbning uzoq masofali raketalarini Rossiyaga qarshi qo‘llanilganidan so‘ng global tus oldi,” dedi prezident.
21-noyabr kuni Rossiya eng yangi o‘rta masofali “Oreshnik” raketa tizimini sinab ko‘rdi. Davlat rahbarining aytishicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi va bu tizimni qo‘llash AQShning o‘rta va qisqa masofali raketalarni ishlab chiqarish hamda joylashtirish rejalariga javob bo‘ldi.
Putinning asosiy bayonotlari: