19 март

Mirziyoyev O‘zbekistonda biznesni qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini e’lon qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 mart kuni, davlat mulki va yerlarni ijaraga berish hamda sotishda imtiyozlar nazarda tutilgan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni e’lon qildi.

Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma’lum qilinishicha, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat obyektlarini 5 yil muddatga bepul ijaraga olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

15 ta tuman va shaharda davlat idoralari markaziy binolarga ko‘chiriladi, yangi binolarning birinchi va ikkinchi qavatlari (jami 150 ta obyekt) tadbirkorlarga sotuvga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 250 mingta yangi korxonaning kengayishini ta’minlash maqsadida yer va binolarni taqsimlash tizimi soddalashtiriladigan bo‘ldi.

Hokimlarga tadbirkorlar tayyor loyihalar bilan so‘ragan maydonlarni birinchi navbatda kimoshdi savdosiga chiqarish vazifasi topshirildi. Bir qator viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 5,2 ming gektar yerni 49 yilga ijaraga berish jarayoni boshlandi, yil oxirigacha yana 30 ming gektar yer sotuvga qo‘yiladi.

Shuningdek, “O‘zagro-star” xoldingi tashkil etildi, banklar ko‘magida 16 ta meva-sabzavotchilik korxonasi ochildi, har bir hududda agrosanoat majmualari barpo etildi. Loyihani amalga oshirish uchun dastlabki bosqichda 200 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Ilgari xabar qilingandek, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 10 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan.