Toshkentda O‘zbekistonning mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
8 октябрь

Toshkentda O‘zbekistonning mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

8-10 oktyabr kunlari “O‘zEkspomarkaz” pavilonida HoReCa Expo Uzbekistan 2024 tadbiri bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjuman O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari uyushmasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Turizm qo‘mitasining ko‘magida tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma tajriba almashish, foydali hamkorlik bitimlarini tuzish va biznesni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun noyob maydon vazifasini o‘taydi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyodan 50 dan ortiq ishtirokchi mehmonxona va restoran biznesidagi so‘nggi yutuqlarni namoyish etishi kutilmoqda.

Tadbir dasturi doirasida turli sessiyalar, B2B va G2B uchrashuvlari, shuningdek, “Yashil texnologiyalar va investitsiyalar” hamda “Raqamli mehmondo‘stlikning kelajagi” mavzularida konferensiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anjumanlarda mutaxassislar mehmondo‘stlik sohasidagi “yashil” texnologiyalar va raqamlashtirishga oid dolzarb tendensiyalar va masalalarni muhokama qiladilar.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun