
Yerga galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqini yetib keldi
Olimlar kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli kosmik hodisalardan birini qayd etdilar: galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqini Yerga yetib keldi. Bu haqda Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnali xabar bermoqda.
Hodisa Stefan kvinteti deb nomlangan galaktikalar guruhida sodir bo‘ldi. Bu yerda NGC 7318b galaktikasi soatiga 3,2 million kilometr tezlik bilan harakatlanib, boshqa to‘rtta galaktika bilan to‘qnashdi.
Xartfordshir universiteti (Buyuk Britaniya) astrofizigi Marina Arnaudova bu hodisani “tovush to‘sig‘ini yengib o‘tuvchi reaktiv qiruvchi samolyotning gumburashi” deb ta’rifladi. Uning aytishicha, zarba to‘lqini yulduzlar va galaktikalarning shakllanish mexanizmlarini o‘rganish uchun noyob imkoniyat yaratadi.