MDH parlamentariylari G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan murojaat qabul qildi
23 ноябрь

MDH parlamentariylari G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan murojaat qabul qildi

MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan murojaat bilan chiqdi. Unda fashizmni oqlash, neonatsistik partiyalar faoliyati va parlament minbarlaridan natsistik mafkurani oqlash uchun foydalanish qoralandi.

“Jang maydonlarida halok bo‘lganlar, konslagerlarida azob chekkanlar, ochlik va qiyinchiliklardan vafot etganlar oldidagi muqaddas burchimiz — urush va G‘alaba ahamiyati haqidagi haqiqatni himoya qilish, fashizmni mag‘lub etgan qahramonlarning shon-shuhratini bulg‘ayotganlarga qarshi qat’iy turishdir,” deya ta’kidlangan hujjatda.

2025 yil Hamdo‘stlikda G‘alabaning 80 yilligi — Natsizmga qarshi kurashda tinchlik va birlik yili deb e’lon qilindi. Parlamentariylar G‘alaba xalqlarni jipslashtirgani, hozirgi va kelajak avlodlar bu meros bilan faxrlanishlari lozimligini alohida ta’kidladilar.