Bitkoin birinchi bor 100 ming dollardan oshdi: tarixiy rekord
Bitkoin kursi tarixda ilk marta 100 ming dollar chegarasini bosib o‘tib, 103 ming dollarga yetdi. Bu psixologik chegara kriptovalyuta bozori uchun muhim nuqta bo‘lib, asosiy raqamli valyutaga investorlar qiziqishi ortib borayotganini tasdiqladi.
Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilingani haqidagi xabarlar tufayli bitkoin kursi vaqtincha pasaydi, ammo cheklovlar bekor qilingach, yangi o‘sish bosqichi boshlandi.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bitkoin operatsiyalari taqiqlangan. Shunga qaramay, global tendensiyalar kriptovalyutalarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar bu rekord bitkoinning yanada qimmatlashuvi yo‘lidagi navbatdagi bosqich bo‘lishi mumkinligini bashorat qilmoqdalar.