Putin va Erdog‘on Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvini muhokama qilishdi
5 декабрь

Putin va Erdog‘on Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvini muhokama qilishdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog‘on telefon orqali suhbatlashib, Suriyadagi keskin og‘irlashgan vaziyatni muhokama qilishdi. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Putin radikal guruhlar tomonidan Suriya davlatiga qarshi tajovuzni to‘xtatish zarurligini alohida ta’kidladi.

Tomonlar, shuningdek, 7-8 dekabr kunlari Dohada Eron, Turkiya va Rossiya ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Suriya bo‘yicha kelgusi muzokaralarni ham ko‘rib chiqishdi. Uch mamlakatning Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, suhbat davomida rahbarlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqib, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning savdo-iqtisodiy va energetika yo‘nalishlariga urg‘u berishdi.