O‘zbekistonda dori-darmon narxlari qayta ko‘rib chiqiladi va ularning aylanmasi ustidan nazorat kuchaytiriladi
23 апрель

O‘zbekistonda dori-darmon narxlari qayta ko‘rib chiqiladi va ularning aylanmasi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizov referent narxlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va farmatsevtika sohasidagi byurokratiyani kamaytirish bo‘yicha loyihalar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga yuborilganini ma’lum qildi. Ushbu chora retseptsiz beriladigan dori-darmonlar narxini tartibga solish bekor qilinganidan so‘ng vaqtincha ko‘tarilgan dori-darmonlar narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Shuningdek, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda dori-darmonlar ijtimoiy ahamiyatga ega tovar hisoblanib, ularga pasaytirilgan stavkada QQS solinishini hisobga olgan holda, amaldagi QQS stavkasining dori-darmonlar narxiga ta’siri o‘rganiladi.

2022-yilda joriy etilgan dori vositalarini markirovkalash tizimidan samarali foydalanilmayotgani jiddiy muammoligicha qolmoqda. Farmatsevtika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi dorixonalarning yarmidan ko‘pi amalda ushbu tizimdan foydalanmaydi. Bu esa dori-darmonlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda tafovutlarga olib keladi va noqonuniy savdo uchun sharoit yaratadi. Ishlab chiqaruvchilardan tortib dorixonalargacha markirovkalash tizimini "tozalash" va dori vositalari muomalasi qoidalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish rejalashtirilmoqda.