
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida uzunligi 450 metr bo‘lgan tunnel topildi
Ma’lum bo‘lishicha, transmilliy MGM mamlakatdan neft mahsulotlarini olib chiqish oqimini ta’minlagan — tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari olib chiqilgan. Shunday qilib, jinoyatchilar ikki oycha “ishlashdi.”
Qozog‘iston va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari bir vaqtning o‘zida chegaraning ikki tomonida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Qozog‘iston tomonidan Milliy xavfsizlik qo‘mitasi prokuratura ko‘magida ish olib bordi.
“Qozog‘iston hududida ham, O‘zbekiston hududida ham transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi,” — deyiladi Qozog‘iston bosh prokuraturasi xabarida.